“Tanishing, yangi adabiyotlar”
Xiva tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlar uchun “Tanishing, yangi adabiyotlar” mavzusida kitoblar targ‘iboti tashkil etildi. Tadbir davomida kutubxonaga yangi kelib tushgan badiiy, ilmiy-ma’rifiy va yoshlar uchun mo‘ljallangan adabiyotlar kitobxonlarga tanishtirildi.
Tadbirning maqsadi — yangi kitoblarni targ‘ib qilish, kitobxonlarning mutolaa qiziqishini oshirish va ularni yangi adabiyotlardan foydalanishga yo‘naltirish.
