“Ustozlar — ma’rifat yo‘lboshchilari”
1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuniga bag‘ishlab, Xiva tuman axborot-kutubxona markazida Ma‘naviyat va ma‘rifat markazining tuman bo‘limi bilan birgalikda “Ustozlar — ma’rifat yo‘lboshchilari” mavzusida adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi.
Tadbirda ustoz va murabbiylarning yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos o‘rni, ularning bilim va ma’rifat ulashishdagi fidokorona mehnati haqida so‘z yuritildi. Tadbir davomida ustozlarga bag‘ishlangan she’rlar o‘qilib, badiiy chiqishlar namoyish etildi.
Ustoz va murabbiylarga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini kuchaytirish, yoshlarni ilm olishga va kitobxonlikka rag‘batlantirish.
