«Yoshlar kuni»

«Yoshlar kuni» doirasida o`tkazilayotgan tadbirlar rejasiga muvofiq Xiva tuman xokimligi binosi oldida Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan yoshlar o‘rtasida kitob ko‘rgazmasi hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi 📚✨. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirishdan iborat bo‘ldi . Ko‘rgazmada o‘zbek va jahon adabiyotining saralangan asarlari, tarixiy, ilmiy-ommabop hamda badiiy kitoblar namoyish etildi 📖. Tadbir davomida kitoblar taqdimoti, kitob tavsiyalari va erkin muloqot tashkil qilinib, ishtirokchilar o‘zlari sevib mutolaa qilgan asarlar haqida fikr almashdilar . Ushbu tadbir yoshlarni bilim olishga, kitob bilan do‘st bo‘lishga va ma’naviy barkamollikka undashga xizmat qildi

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Прокрутить вверх