Har oyning 17 — sanasi»Kitobxon onalar” kuniga — oilada kitobxonlik mavzusida davra suhbati.
Xiva tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobxon onalar” mavzusida oilada kitobxonlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida oilada kitob o‘qish madaniyatini shakllantirish, farzandlarda mutolaa ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda onalarning kitobxonlikdagi o‘rni haqida fikr almashildi. Ishtirokchilarga farzandlarni kitob o‘qishga qiziqtirish va oilaviy kitobxonlik muhitini yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tadbir maqsadi: oilada kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, onalar orqali farzandlarda kitobga mehr va mutolaa ko‘nikmalarini shakllantirish.
