Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma'naviyatga erishib bo'lmaydi. Kitob o'qimagan odamning ham, millatning ham kelajaki yo'q. SH.Mirziyoyev

E'LONLAR

Kitobxonlarga qulaylik yaratish maqsadida Xiva tumani Axborot-kutubxona markazi o’zining rasmiy web sahifasi ish tushganini ma’lum qiladi. Bizning barcha yangiliklarni ushbu saytdan kuzatib borishingiz mumkin.

BIZNING MANZIL
Bizning kitobxonlar soni
0

YANGILIKLAR

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi

Axborot-kutubxona markaziga qarashli ko‘chma kutubxonada ham buyuk shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. yosh kitobxonlar va ustozlar faol ishtirok etdilar.Tadbir davomida Boburning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar berilib, uning boy adabiy merosi haqida suhbat o‘tkazildi. Ishtirokchilar tomonidan shoirning g‘azallari ifodali o‘qildi hamda Boburnoma asarining tarixiy ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.Ko‘chma kutubxona xodimlari tomonidan Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etilib, kitobxonlarga tavsiyalar berildi. Tadbir yoshlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularda milliy g‘urur va ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qildi.

Batafsil

“Ikki buyuk siymo”

Axborot-kutubxona markazida buyuk mutafakkirlar — Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti hamda ijodiga bag‘ishlangan “Ikki buyuk siymo” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yosh kitobxonlar, ustozlar hamda AKM xodimlari faol ishtirok etdilar.Tadbir jarayonida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning adabiyot, tarix va ma’naviyat rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar,ĝazal va ruboiylardan buyuk siymolarning hayoti va ijodi jonli tarzda namoyish etildi.Shuningdek, tadbir doirasida tashkil etilgan kitoblar ko‘rgazmasida ikki buyuk siymoga oid badiiy, ilmiy va tarixiy asarlar o‘rin oldi. Ko‘rgazma ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otib, ularni mutolaaga chorladi.Mazkur tadbir yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarga hurmat, buyuk ajdodlarimiz merosiga sadoqat va kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qildi. Tadbir mazmunli, qiziqarli va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Batafsil

Xudoyberdi Toxtaboyev

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida, bolalar qalbiga ezgulik singdirgan adib Xudoyberdi Toxtaboyev qalamiga mansub «Jannati odamlar» asari 30 yilligi hamda «Shirin qovunlar mamlakati» asari nashr etilganiga 40 yil tolishi munosabati bilan yosh kitobxonlar ishtirokida mutolaa mashguloti tashkil etildi. Ushbu asar otgan yillar davomida bolalar va o`smirlarni mehr- oqibat, halollik va insoniylik fazilatlarini shakllantirib kelmoqda. Kitob -qablarni poklaydigan, kelajakni yoritadigan bebaho manbadir.

Batafsil

«Payshanba huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni»

Xiva tumanida «Payshanba huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» munosabati bilan tumanning Juryon hududida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida kompleks chora- tadbirlarni amalga oshirish maqsadida ertalabki yòriqnoma òrkazildi. Ushbu tadbirda Xiva tuman Axborot-kutubxona markazi rahbar hamda xodimlari ishtirokida kòrgazma tashkil etildi.Ushbu kòrgazma siyosiy-ijtimoiy hamda badiiy kitoblar kòrgazmasidan tashkil topgan bòlib kòrgazmadan asosiy maqsad tumandagi kitobxonlar safini yanada kengaytirish, mahallalarda kitobxonlikni tarĝib qilishdan iborat.

Batafsil

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring !

Foydali saytlar

O'ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASI
RESPUBLIKA BOLALAR KUTUBXONASI
ZIYONET. TA'LIM PORTALI
XORAZM VILOYATI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI

ISH VAQTI:

Dushanba — Jumagacha | 9:00 — 18:00

Shanba                           | 10:00 — 17:00

Yakshanba                     | Dam olish kuni

MANZIL: 

Xorazm viloyati Xiva tumani

Shomahulum mahallasi Tinchlik ko‘chasi 122 uy

BIZ BILAN BOG’LANISH:

TELEFON:

+998 (99) 053 08 40

E-MAIL:

xivatakm@gmail.com

Прокрутить вверх