Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma'naviyatga erishib bo'lmaydi. Kitob o'qimagan odamning ham, millatning ham kelajaki yo'q. SH.Mirziyoyev

E'LONLAR

Kitobxonlarga qulaylik yaratish maqsadida Xiva tumani Axborot-kutubxona markazi o’zining rasmiy web sahifasi ish tushganini ma’lum qiladi. Bizning barcha yangiliklarni ushbu saytdan kuzatib borishingiz mumkin.

BIZNING MANZIL
Bizning kitobxonlar soni
0

YANGILIKLAR

“Bilag‘on bolajon” – bilimlar bellashuvi

“Bilag‘on bolajon” – bilimlar bellashuvi Xiva Gulshani bolalar oromgohida Xiva tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Bilag‘on bolajon” mavzusida bilimlar bellashuvi tashkil etildi . Tadbirda oromgoh tarbiyalanuvchilari faol ishtirok etib, turli mavzulardagi savollarga javob berdilar . Ishtirokchilar o‘zlarining bilimdonligi, hozirjavobligi va topqirliklarini namoyon etdilar . Tadbir davomida bolalarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish , ularni mutolaaga jalb etish hamda dunyoqarashini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi . Tadbir yakunida kitobxonlar kutubxonaga a’zo qilindi.Qiziqarli va mazmunli o‘tgan tadbir bolalarda katta taassurot qoldirdi .

Batafsil

«Ilmli ayol – kuchli jamiyat»

«Ilmli ayol – kuchli jamiyat»shiori ostida Xiva tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan «Qadr ayoldan boshlansa, qadrimiz yanada baland bo’ladi» mavzusida Madaniyat saroyida kitob ko’rgazmasi tashkil etildi. Ko’rgazmada ayollarning ilm-fan, ta’lim, madaniyat va jamiyat taraqqiyotidagi o’rnini yoritgan adabiyotlar, mashhur olim va ma’rifatparvar ayollar hayoti hamda faoliyatiga bag’ishlangan kitoblar namoyish etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga ilmli va ma’rifatli ayol oilaning tayanchi, jamiyatning kuchi ekanligi haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, yosh qizlarni bilim olishga, kitob mutolaasiga va o’z ustida muntazam ishlashga undovchi tavsiyalar berildi. Ko’rgazma kitobxonlarda ilm-ma’rifatga intilish, ayollarning jamiyatdagi o’rniga hurmat bilan qarash va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.

Batafsil

Xiva tuman Qaldirg‘och bolalar oromgohi

Xiva tuman Qaldirg‘och bolalar oromgohiga Xiva tuman axborot kutubxona markazi xodimi «Sportni sev, sport bilan yasha» mavzusida sport mashg‘uloti o‘tkazdi.Sport – inson hayotining ajralmas qismi bo‘lib, u sog‘lom turmush tarzining asosini tashkil etadi. “Sportni sev, sport bilan yasha” degan ibora insonni har doim harakatda bo‘lishga, o‘z sog‘lig‘iga e’tibor berishga undaydi. Chunki sog‘lom tanada sog‘lom aql bo‘ladi.Sport bilan muntazam shug‘ullanish tanani chiniqtiradi, yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi va insonni bardam qiladi. Ayniqsa, yoshlar uchun sport juda muhim, chunki ularning jismoniy rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi. Sport insonda intizom, sabr-toqat va irodani shakllantiradi.

Batafsil

“Salom yoz – salom oromgoh”

“Salom yoz – salom oromgoh” Xiva tumani Axborot-kutubxona markazi xodimi tomonidan “Qaldirg‘och” bolalar oromgohida “Salom yoz – salom oromgoh” mavzusida kitobxonlik soati tashkil etildi. Unda bolalar sevimli kitoblaridan parchalar o‘qib berdilar, o‘qigan asarlari yuzasidan fikr almashdilar. Axborot-kutubxona markazi xodimi tomonidan yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazish, kitob mutolaasining ahamiyati hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish haqida suhbat olib borildi. Tadbir davomida bolalar badiiy adabiyotlar bilan tanishib, o‘zlarining kitobxonlik qobiliyatlarini namoyish etdilar. Ushbu uchrashuv yosh avlodning ma’naviy dunyosini boyitish, kitobga bo‘lgan mehrni oshirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.

Batafsil

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring !

Foydali saytlar

O'ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASI
RESPUBLIKA BOLALAR KUTUBXONASI
ZIYONET. TA'LIM PORTALI
XORAZM VILOYATI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI

ISH VAQTI:

Dushanba — Jumagacha | 9:00 — 18:00

Shanba                           | 10:00 — 17:00

Yakshanba                     | Dam olish kuni

MANZIL: 

Xorazm viloyati Xiva tumani

Shomahulum mahallasi Tinchlik ko‘chasi 122 uy

BIZ BILAN BOG’LANISH:

TELEFON:

+998 (99) 053 08 40

E-MAIL:

xivatakm@gmail.com

Прокрутить вверх