Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma'naviyatga erishib bo'lmaydi. Kitob o'qimagan odamning ham, millatning ham kelajaki yo'q. SH.Mirziyoyev

E'LONLAR

Kitobxonlarga qulaylik yaratish maqsadida Xiva tumani Axborot-kutubxona markazi o’zining rasmiy web sahifasi ish tushganini ma’lum qiladi. Bizning barcha yangiliklarni ushbu saytdan kuzatib borishingiz mumkin.

BIZNING MANZIL
Bizning kitobxonlar soni
0

YANGILIKLAR

Xiva tuman Axborot kutubxona markaziga Xiva tuman Xokimi Sardor Palvonov Maxsudovich tashrif buyurdi.

18-iyul Xiva tuman Axborot kutubxona markaziga Xiva tuman Xokimi Sardor Palvonov Maxsudovich tashrif buyurdi. Tashrif davomida hokimimiz kutubxona ish faoliyati bilan tanishib , xodimlar va kitobxonlar bilan subatlashdilar. Sardor Maxsudovich xodimlar va kitobxonlar bilan muloqat qilganda o`zlarini raxbardek emas, balki yaqin insonlardek muomula qilib ular muammosini va istaklari bilan tanishdilar. Xokimimiz, zamonamizda texnika ilgorlab borgani bilan insonlarni mutolaaga bo`lgan qiziqishi so`nmaydi. Shuni uchun xalq talabini o`rganib, ularga qulayliklar yaratish uchun kutubxona markaziga konditsioner taqdim etdilar. Tumanimiz chekka qishloq aholilariga ham kutubxona xizmati ko`rsatishni yaxshilash choralari ko`rsatishini aytib o`tdilar . Tuman Xokimiga Axborot kutubxona markazi derektori ,mutaxassislari va kitobxonlari tamonidan katta minatdorchilik bildiramiz .

Batafsil

«Yosh tadbirkor – kelajak bunyodkori»

«Yosh tadbirkor – kelajak bunyodkori» 16 -iyul «Yosh tadbirkorlarni qòllab quvvatlash kuni» munosabati bilan Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan «Yosh tadbirkor – kelajak bunyodkori» mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida AKM xodimlari hududda faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkorlarning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, «Safiya Market» rahbari Ro’zmetova Charos Xamro qizi faoliyati o’rganildi. Tadbirkor 2026 yilda o’z faoliyatini yo’lga qo’yib, aholiga sifatli xizmat ko’rsatib kelmoqda. Shuningdek, «Xiva Standart» korxonasi rahbari Qurbonov Ravshanbek bilan uchrashuv o’tkazildi. Korxona 2019-yilda tashkil etilgan bo’lib, bugungi kunda ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasida samarali faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, «Xiva Tekstil» hamda «Rayyon Market» faoliyati bilan ham yaqindan tanishilib, tadbirkorlarning mehnati, tashabbuskorligi va erishayotgan yutuqlari haqida suhbat olib borildi. Tadbir davomida yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning biznes g’oyalarini qo’llab-quvvatlash, mehnatsevarlik va izlanish orqali muvaffaqiyatga erishish mumkinligi alohida ta’kidlandi. Uchrashuv ishtirokchilarda tadbirkorlikka bo’lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.

Batafsil

«Yoshlar kuni»

«Yoshlar kuni» doirasida o`tkazilayotgan tadbirlar rejasiga muvofiq Xiva tuman xokimligi binosi oldida Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan yoshlar o‘rtasida kitob ko‘rgazmasi hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi 📚✨. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirishdan iborat bo‘ldi . Ko‘rgazmada o‘zbek va jahon adabiyotining saralangan asarlari, tarixiy, ilmiy-ommabop hamda badiiy kitoblar namoyish etildi 📖. Tadbir davomida kitoblar taqdimoti, kitob tavsiyalari va erkin muloqot tashkil qilinib, ishtirokchilar o‘zlari sevib mutolaa qilgan asarlar haqida fikr almashdilar . Ushbu tadbir yoshlarni bilim olishga, kitob bilan do‘st bo‘lishga va ma’naviy barkamollikka undashga xizmat qildi

Batafsil

Kitobxonlik – yuksalish omili Axborot-kutubxona markazi xodimlari «Qaldirĝoch» bolalar oromgohida yoshlar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa orqali ularning bilim va tafakkurini boyitish maqsadida «Kitobxonlik – yuksalish omili» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida kitobning inson hayotidagi o’rni, mutolaaning shaxs kamolotiga ta’siri hamda kitobxonlikning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Yosh kitobxonlar o’qigan kitoblari yuzasidan taassurotlari bilan o’rtoqlashdilar. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar qalbida kitobga mehr uyg’otish, ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mutolaa madaniyatini yanada rivojlantirishdan iborat bo’ldi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish, kitobxonlikni keng targ’ib qilish va barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.

Batafsil

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring !

Foydali saytlar

O'ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASI
RESPUBLIKA BOLALAR KUTUBXONASI
ZIYONET. TA'LIM PORTALI
XORAZM VILOYATI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI

ISH VAQTI:

Dushanba — Jumagacha | 9:00 — 18:00

Shanba                           | 10:00 — 17:00

Yakshanba                     | Dam olish kuni

MANZIL: 

Xorazm viloyati Xiva tumani

Shomahulum mahallasi Tinchlik ko‘chasi 122 uy

BIZ BILAN BOG’LANISH:

TELEFON:

+998 (99) 053 08 40

E-MAIL:

xivatakm@gmail.com

Прокрутить вверх