Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma'naviyatga erishib bo'lmaydi. Kitob o'qimagan odamning ham, millatning ham kelajaki yo'q. SH.Mirziyoyev

E'LONLAR

Kitobxonlarga qulaylik yaratish maqsadida Xiva tumani Axborot-kutubxona markazi o’zining rasmiy web sahifasi ish tushganini ma’lum qiladi. Bizning barcha yangiliklarni ushbu saytdan kuzatib borishingiz mumkin.

BIZNING MANZIL
Bizning kitobxonlar soni
0

YANGILIKLAR

“Salom yoz – salom oromgoh”

“Salom yoz – salom oromgoh” Xiva tumani Axborot-kutubxona markazi xodimi tomonidan “Qaldirg‘och” bolalar oromgohida “Salom yoz – salom oromgoh” mavzusida kitobxonlik soati tashkil etildi. Unda bolalar sevimli kitoblaridan parchalar o‘qib berdilar, o‘qigan asarlari yuzasidan fikr almashdilar. Axborot-kutubxona markazi xodimi tomonidan yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazish, kitob mutolaasining ahamiyati hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish haqida suhbat olib borildi. Tadbir davomida bolalar badiiy adabiyotlar bilan tanishib, o‘zlarining kitobxonlik qobiliyatlarini namoyish etdilar. Ushbu uchrashuv yosh avlodning ma’naviy dunyosini boyitish, kitobga bo‘lgan mehrni oshirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.

Batafsil

«1-iyun- Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni»

«1-iyun- Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» munosabati bilan Axborot-kutubxona markazida «Bolalar-tinchlik elchilari» mavzusida bayramona tadbir tashkil etildi. Tadbirda ishtirokchilar qiziqarli o`yinlar, viktorinalar, she`rxonlikda faol qatnashdilar.Tadbirning asosiy maqsadi bolalarning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikni targ`ib qilish ularning ijobiy qobiliyatlarini qo`llab -quvvatlashdan iborat bo`ldi.Bolajonlar sevimli ertak qahramonlari haqida suhbatlashib, o`zlari o`qigan kitoblari yuzasidanfikr almashdilar.Bayram davomida bolajonarga ezgu tilaklar bildirilib, faol qatnashgan ishtirokchilar esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar.

Batafsil

«Boshim poyingda ,Vatan…»

Halima Xudoyberdiyeva-o`zbek adabiyotining taniqli shoiralaridan biri hisoblanadi. U 1947-yil 17-mayda Sirdaryo viloyatida dunyoga kelgan. Uzoq yillar Saodat va Guliston jurnallari nashriyotlarda faoliyat yuritib, o`zbek adabiyoti rivojiga munosib hissa qo`shgan.Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida kitobxonlar ishtirokida Halima Xudoyberdiyeva ijodiga bag`ishlab «Boshim poyingda ,Vatan…» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Halima Xudoyberdiyeva ijodida Vatanga muhabbat, ona siymosi, ayol qalbi, insoniylik,sadoqat va milliy qadriyatlar asosida mavzu bo`lib xizmat qiladi. Kitobxonlar tomonidan shoiraning she`rlaridan namunalar keltirdilar.Uning she`rlari kitobxonlar qalbida yashab kelmoqda.

Batafsil

«Ayol ilmli bolsa- jamiyat ilmli boladi»

Xiva tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan kitobxonlar uchun kitob targ`iboti tadbiri tashkil etildi. «Ayol ilmli bo`lsa- jamiyat ilmli bo`ladi» shiori ostida kitobxonlar uchun yangi adbiyotlar, badiiy va ma`naviy-marifiy kitoblar haqida ma`lumotlar berildi. Mutaxassislar tomonidan kitob mutolaasining inson tafakkuri va dunyoqarashini kengaytirishdagi ahmiyati alohida takidlandi. Kitob targ`iboti davomida kitob ko`rgazmasi ham tashkil etilib, kitobxonlarga foydali adabiyotlar tavsiya qilindi.

Batafsil

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring !

Foydali saytlar

O'ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASI
RESPUBLIKA BOLALAR KUTUBXONASI
ZIYONET. TA'LIM PORTALI
XORAZM VILOYATI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI

ISH VAQTI:

Dushanba — Jumagacha | 9:00 — 18:00

Shanba                           | 10:00 — 17:00

Yakshanba                     | Dam olish kuni

MANZIL: 

Xorazm viloyati Xiva tumani

Shomahulum mahallasi Tinchlik ko‘chasi 122 uy

BIZ BILAN BOG’LANISH:

TELEFON:

+998 (99) 053 08 40

E-MAIL:

xivatakm@gmail.com

Прокрутить вверх