Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma'naviyatga erishib bo'lmaydi. Kitob o'qimagan odamning ham, millatning ham kelajaki yo'q. SH.Mirziyoyev

E'LONLAR

Kitobxonlarga qulaylik yaratish maqsadida Xiva tumani Axborot-kutubxona markazi o’zining rasmiy web sahifasi ish tushganini ma’lum qiladi. Bizning barcha yangiliklarni ushbu saytdan kuzatib borishingiz mumkin.

BIZNING MANZIL
Bizning kitobxonlar soni
0

YANGILIKLAR

Favqulodda Vaziyatlar Bòlimi xodimlari o‘rtasida kitobxonlik tanlovi bo‘lib o‘tdi

Favqulodda Vaziyatlar Bòlimi xodimlari o‘rtasida kitobxonlik tanlovi bo‘lib o‘tdi Axborot-kutubxona markazi tomonidan Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari ishtirokida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda xodimlarning ma’naviy salohiyatini yuksaltirish maqsadida kitobxonlik tanlovi tashkil etildi.Tanlov jarayonida kitobxonlar o‘zlari mutolaa qilgan badiiy asarlar yuzasidan savollarga javob berdilar, asarlarning mazmuni, g‘oyasi va qahramonlari haqida fikr almashdilar. Tadbir davomida kitob mutolaasining inson kamoloti, kasbiy faoliyat va ma’naviy barkamollikdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.Yakunda faol qatnashgan xodimlar munosib rag‘batlantirildi.

Batafsil

«Sog‘lom turmush tarzi»

«Sog‘lom turmush tarzi» 🏃‍♂️ Xiva tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan Madaniyat markazida tadbir bo`lib o`tdi . Tadbir doirasida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etilib, yoshlar mutolaaga keng jalb qilindi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi. Tadbir qizg‘in savol-javoblar va tavsiyalar bilan yakunlandi.

Batafsil

“Vatanparvarlik – oliy burch»

“Vatanparvarlik – oliy burch«Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va yurt taqdiriga daxldorlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Vatanparvarlik – oliy burch” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar Vatan ravnaqi uchun fidoyilik, yurt tinchligini asrash, ajdodlar merosiga munosib bo‘lish va mustaqillik ne’matini qadrlash har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanligini ta’kidladilar. Tadbir ishtirokchilari mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning bilim olish va o‘z salohiyatini namoyon etishlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida fikr almashdilar Tadbir davomida mavzuga oid adabiyotlar tavsiya etilib, Vatanimiz tarixini, buyuk ajdodlarimizning jasorati va fidoyiligini aks ettiruvchi kitoblar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Davra suhbati yoshlarning vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Batafsil

“Yoshlar – kelajak bunyodkori”

“Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostida Xiva tuman axborot-kutubxona markazida “She’riyat – qalb taronasi” mavzusida she’rxonlik kechasi tashkil etildi. Tadbirda yosh kitobxonlar, o‘quvchilar hamda faol kitobsevarlar ishtirok etdi. Kechadan ko‘zlangan maqsad yosh avlod qalbida she’riyatga mehr uyg‘otish, kitob mutolaasi madaniyatini rivojlantirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish va ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi. 🌟📖 Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan Vatanga muhabbat, ona sifati, tinchlik, do‘stlik va insoniy qadriyatlarni tarannum etuvchi she’rlar ifodali o‘qildi. Shuningdek, o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti vakillarining ijod namunalari tinglovchilarga havola etildi. 🎤🕊 She’rxonlik kechasi davomida yoshlar she’riyatning inson qalbiga ta’siri, kitob mutolaasining ahamiyati hamda badiiy adabiyotning tarbiyaviy o‘rni haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. 💭📝 Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil

Batafsil

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring !

Foydali saytlar

O'ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASI
RESPUBLIKA BOLALAR KUTUBXONASI
ZIYONET. TA'LIM PORTALI
XORAZM VILOYATI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI

ISH VAQTI:

Dushanba — Jumagacha | 9:00 — 18:00

Shanba                           | 10:00 — 17:00

Yakshanba                     | Dam olish kuni

MANZIL: 

Xorazm viloyati Xiva tumani

Shomahulum mahallasi Tinchlik ko‘chasi 122 uy

BIZ BILAN BOG’LANISH:

TELEFON:

+998 (99) 053 08 40

E-MAIL:

xivatakm@gmail.com

Прокрутить вверх