Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma'naviyatga erishib bo'lmaydi. Kitob o'qimagan odamning ham, millatning ham kelajaki yo'q. SH.Mirziyoyev

E'LONLAR

Kitobxonlarga qulaylik yaratish maqsadida Xiva tumani Axborot-kutubxona markazi o’zining rasmiy web sahifasi ish tushganini ma’lum qiladi. Bizning barcha yangiliklarni ushbu saytdan kuzatib borishingiz mumkin.

BIZNING MANZIL
Bizning kitobxonlar soni
0

YANGILIKLAR

«Ertaklar olamiga sayohat»

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari bolajonlarda kitob va ertaklarga qiziqishni oshirish, ularning bosh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida maktabgacha talim tashkilotiga (MTT) ga tashrif buyurildi. Tadbir davomida bolalar bilan birgalikda «Ertaklar olamiga sayohat» mavzusida qiziqarli suhbat otkazildi. Shuningdek, bolalarga rang barang ertak kitoblari tanishtirilib, kitobxonlik madaniyati haqida tushunchalar berildi. Mazkur tadbir bolajonlarda ertaklar orqali yaxshilik,dostlik va mehr- oqibat kabi ijobiy fazilatarni shakllantirishga xizmat qildi. shuningdek kutubxonaga kelgan katta kichik kitobxonlarga kutubxona xizmati ko`rsatildi.

Batafsil

“Siyosiy-ma’rifat soati”ning 2026-yilgi 1-soni

#Siyosiy_marifat_soati_1-son Xiva tumani Axborot-kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan taqdim etilgan “Siyosiy-ma’rifat soati”ning 2026-yilgi 1-soni o‘tkazildi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar sharhlari tinglandi.Mazkur tadbir xodimlarning siyosiy bilim va dunyoqarashini oshirish, ularning ma’naviy saviyasini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.Mazkur soat davomida Axborot-kutubxona Markazi (AKM) xodimlari tomonidan ma`naviy-ma`rifiy mavzuda suhbat tashkil etildi. Unda kitobxonlikni targ`ib etish, ma`naviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda mutolaa madaniyatini oshirish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Batafsil

“Yangi yilda-yangi kitoblar bilan»

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari “Yangi yilda-yangi kitoblar bilan» shiori ostida idora va tashkilotlarga tashrif buyurib, kitob targ`iboti ishlarini amalga oshirdi. Tashrif davomida xodimlar va mexnat jamoalari yangi adabiyotlar bilan tanishtirildi,kitoblar tavsiyalar berildi.Bundan maqsad xodimlar o`rtasida kitobga qiziqishni oshirish, o`qish madaniyatini rivojlantirish va kutubxona xizmatlaridan samarali foydalanishni targ`ib qilishdir.

Batafsil

Xiva tuman statistika bo‘limi tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish markazi, Oila va xotin qizlar bo‘limi hamda «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlariga tashrif buyurildi.Tashrif davomida Qorqizning sirli qutichasidagi savollarga aniq javob bergan xodimlarga Qorboboning yangi yil sovg‘alari ulashildi. Tashrif jarayonida shuningdek ijobiy kayfiyat ulashish, jamoada birdamlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga doir samimiy suhbatlar ham o‘tkazildi.Bunday tashabbuslar tashkilot xodimlarda kelayotgan bayram ruhini yanada yuksaltirib ish samaradorligi ko‘tarinkiligiga ijobiy ta‘sir ko’rsatadi.

Batafsil

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring !

Foydali saytlar

O'ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASI
RESPUBLIKA BOLALAR KUTUBXONASI
ZIYONET. TA'LIM PORTALI
XORAZM VILOYATI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI

ISH VAQTI:

Dushanba — Jumagacha | 9:00 — 18:00

Shanba                           | 10:00 — 17:00

Yakshanba                     | Dam olish kuni

MANZIL: 

Xorazm viloyati Xiva tumani

Shomahulum mahallasi Tinchlik ko‘chasi 122 uy

BIZ BILAN BOG’LANISH:

TELEFON:

+998 (99) 053 08 40

E-MAIL:

xivatakm@gmail.com

Прокрутить вверх