Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma'naviyatga erishib bo'lmaydi. Kitob o'qimagan odamning ham, millatning ham kelajaki yo'q. SH.Mirziyoyev

YANGILIKLAR

Xudoyberdi Toxtaboyev

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida, bolalar qalbiga ezgulik singdirgan adib Xudoyberdi Toxtaboyev qalamiga mansub "Jannati odamlar" asari 30 yilligi hamda "Shirin qovunlar mamlakati" asari nashr etilganiga 40 yil tolishi munosabati bilan yosh kitobxonlar ishtirokida mutolaa mashguloti tashkil etildi. Ushbu asar otgan yillar davomida bolalar va o`smirlarni mehr- oqibat, halollik va insoniylik fazilatlarini shakllantirib kelmoqda. Kitob -qablarni poklaydigan, kelajakni yoritadigan bebaho manbadir.

«Payshanba huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni»

Xiva tumanida «Payshanba huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» munosabati bilan tumanning Juryon hududida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida kompleks chora- tadbirlarni amalga oshirish maqsadida ertalabki yòriqnoma òrkazildi. Ushbu tadbirda Xiva tuman Axborot-kutubxona markazi rahbar hamda xodimlari ishtirokida kòrgazma tashkil etildi.Ushbu kòrgazma siyosiy-ijtimoiy hamda badiiy kitoblar kòrgazmasidan tashkil topgan bòlib kòrgazmadan asosiy maqsad tumandagi kitobxonlar safini yanada kengaytirish, mahallalarda kitobxonlikni tarĝib qilishdan iborat.

«Istiqlol» mahallasidagi tadbirkorlik  faoliyati bilan ish  yuritayotgan mehnatkash ayollar

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan «Istiqlol» mahallasidagi tadbirkorlik  faoliyati bilan ish  yuritayotgan mehnatkash ayollar uchun, kitobxonlikni targib etishga,  mutolaa madaniyatini yuksaltirishga  qaratilgan kitob targibot ishlari amalga oshirildi. Kitobxonlar manaviy-marifiy va kasb-hunar hamda shaxsiy rivojga oid adabiyotlar bilan tanishtirildi. Kitobxonlar kitobni qiziqish bilan varaqlab,ozlarini qiziqtirgan asarlar haqida savollar berildi. Oila va farzand tarbiyasida kitobning ahamiyati, ayollarning manaviy salohiyatini oshirish masalalariga alohida etibor qaratildi.Ushbu targibot tadbiri kitobxonlik madaniyatini keng targib etishga xizmat qildi va ayollarimizda kitobga bolgan qiziqishni yanada oshirdi. Kitob mutolaasining inson tafakkuri va kasbiy rivojidagi orni haqida suhbatlar olib borildi hamda kutubxona xizmati ko`rsatildi.

“Kitobxon onalar ma’rifati”

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida “Kitobxon onalar ma’rifati” mavzusida davra suhbati bòlib òtdi.  Bu esa yosh avlodda ilmga, kitobga bo‘lgan mehrni uyg‘otadi. Kitob o‘qigan ona — fikrlashi teran, ma’naviyati yuksak, jamiyatda barqarorlikni ta’minlay oladigan avlodni tarbiyalaydi.
Kitobxonlik orqali insonning tafakkuri kengayadi, nutqi ravonlashadi, hayotga bo‘lgan qarashi boyiydi. Onalar kitob mutolaa qilishni odat qilsa, farzandlar ham bu ezgu an’anani davom ettiradi. Natijada oilada sog‘lom ma’naviy muhit shakllanadi, jamiyatda esa bilimli va ongli avlod voyaga yetadi.
Shu bois, kitobxon onalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni mutolaaga jalb etish, oilaviy kitobxonlikni targ‘ib qilish — bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.

Nuroniy otaxonlar

Xiva tuman Axborot-kutubxona markaziga nuroniy otaxonlar tashrif buyurib kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ular uchun mazmunli suhbatlar va kitob tanishtiruvi tashkil etildi. Ular kitoblar bag`rida iliq xotiralar va samimiy suhbatlar bilan ma`naviy hordiq chiqardilar. Shuningdek,ularning hayotiy tajribalari, ibratli xotiralari tinglanib, yoshlar tarbiyasida qariyalar donishmandligining beqiyos ahamiyati alohida ta`kidlandi.Nuroniy otahonlarimiz Axborot-kutubxona faoliyatiga ijobiy baho berib, tashkilotchilarga o`z minnatdorchiliklarini bildirdilar. Ushbu tashrif nuroniylar uchun ma`naviy hordiq, AKM jamoasi uchun esa katta mas`uliyat va faxr bo`ldi.

«Vatan himoyasi -muqaddas burch»

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan «Vatan himoyasi -muqaddas burch» mavzusida ma`naviy- ma`rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda IIB xodimlari,yoshlar hamda AKM xodimlari ishtirok etib, Vatanga sadoqat, jasorat,fidoiylik kabi yuksak fazilatlar haqida fikr almashildi. Harbiylarimiz hamda IIB xodimlarining mardligi, matonati va xalq oldidagi ma`suliyatlari yoshlarga ibrat sifatida tagdim etildi. Shuningdek, Vatan himoyachilarining sharafli xizmat yo`li, tinchlikni asrash yo`lidagi burchlari haqida suhbatlar o`tkazilib, mavzuga oid kitoblar ko`rgazmasi namoyish etildi.Mazkur tadbir yosh avlod qalbida Vatanparvarlik tuyg`ularini mustahkamlash, Vatan himoyachilariga, shu jumladan IIB xodimlariga bo`lgan hurmat va ehtiromni yanada oshirishga xizmat qildi.Tadbir so`ngida IIB xodmlari kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar va kitob fondi,ko`rsatilayotgan xizmatlar hamda o`quv zallari bilan tanishtirildi.

«Ertaklar olamiga sayohat»


Xiva tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari bolajonlarda kitob va ertaklarga qiziqishni oshirish, ularning bosh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida maktabgacha talim tashkilotiga (MTT) ga tashrif buyurildi. Tadbir davomida bolalar bilan birgalikda «Ertaklar olamiga sayohat» mavzusida qiziqarli suhbat otkazildi. Shuningdek, bolalarga rang barang ertak kitoblari tanishtirilib, kitobxonlik madaniyati haqida tushunchalar berildi. Mazkur tadbir bolajonlarda ertaklar orqali yaxshilik,dostlik va mehr- oqibat kabi ijobiy fazilatarni shakllantirishga xizmat qildi. shuningdek kutubxonaga kelgan katta kichik kitobxonlarga kutubxona xizmati ko`rsatildi.

“Siyosiy-ma’rifat soati”ning 2026-yilgi 1-soni

#Siyosiy_marifat_soati_1-son

Xiva tumani Axborot-kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan taqdim etilgan “Siyosiy-ma’rifat soati”ning 2026-yilgi 1-soni o‘tkazildi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar sharhlari tinglandi.
Mazkur tadbir xodimlarning siyosiy bilim va dunyoqarashini oshirish, ularning ma’naviy saviyasini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.Mazkur soat davomida Axborot-kutubxona Markazi (AKM) xodimlari tomonidan ma`naviy-ma`rifiy mavzuda suhbat tashkil etildi. Unda kitobxonlikni targ`ib etish, ma`naviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda mutolaa madaniyatini oshirish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

“Yangi yilda-yangi kitoblar bilan»

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari “Yangi yilda-yangi kitoblar bilan» shiori ostida idora va tashkilotlarga tashrif buyurib, kitob targ`iboti ishlarini amalga oshirdi. Tashrif davomida xodimlar va mexnat jamoalari yangi adabiyotlar bilan tanishtirildi,kitoblar tavsiyalar berildi.Bundan maqsad xodimlar o`rtasida kitobga qiziqishni oshirish, o`qish madaniyatini rivojlantirish va kutubxona xizmatlaridan samarali foydalanishni targ`ib qilishdir.

Xiva tuman statistika bo‘limi tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish markazi, Oila va xotin qizlar bo‘limi hamda «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlariga tashrif buyurildi.Tashrif davomida Qorqizning sirli qutichasidagi savollarga aniq javob bergan xodimlarga Qorboboning yangi yil sovg‘alari ulashildi. Tashrif jarayonida shuningdek ijobiy kayfiyat ulashish, jamoada birdamlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga doir samimiy suhbatlar ham o‘tkazildi.Bunday tashabbuslar tashkilot xodimlarda kelayotgan bayram ruhini yanada yuksaltirib ish samaradorligi ko‘tarinkiligiga ijobiy ta‘sir ko’rsatadi.

ISH VAQTI:

Dushanba — Jumagacha | 9:00 — 18:00

Shanba                           | 10:00 — 17:00

Yakshanba                     | Dam olish kuni

MANZIL: 

Xorazm viloyati Xiva tumani

Shomahulum mahallasi Tinchlik ko’chasi 122 uy

BIZ BILAN BOG’LANISH:

TELEFON:

+998 (99) 053 08 40

E-MAIL:

xivatakm@gmail.com

Прокрутить вверх