Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma'naviyatga erishib bo'lmaydi. Kitob o'qimagan odamning ham, millatning ham kelajaki yo'q. SH.Mirziyoyev

YANGILIKLAR

“Mening sevimli kitobim” mavzusida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida “Infolib O‘zbekiston – 2025” XIV milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida yoshlar o‘rtasida “Mening sevimli kitobim” mavzusida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning bilim doirasini kengaytirish, ularning mantiqiy fikrlash, jamoada ishlash va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

O‘yinda ishtirokchilar turli sohalarga oid savollarga javob berishdi, qiziqarli savol-javoblar, fikr almashuvlar orqali o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Tadbir jarayonida muhit iliq va do‘stona ruhda kechdi.

G‘olib jamoalar va faol ishtirokchilar Axborot-kutubxona markazi tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

“Kitob – bilim manbai”

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida “INFOLIB O‘ZBEKISTON-2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Kitob – bilim manbai” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda kitobsevar yoshlar, o‘qituvchilar hamda markaz xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni muntazam kitob o‘qishga rag‘batlantirish, shuningdek, o‘quvchilarda bilimga chanqoqlik va ma’naviy boylikka intilish tuyg‘ularini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.Faol kitobxonlar o‘qigan asarlari bo‘yicha fikr-mulohazalari tinglandi.

» Agar yolgiz ersang- hamdam kitobdir»

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida “INFOLIB O‘ZBEKISTON – 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasidagi» Agar yolgiz ersang- hamdam kitobdir" mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar kitob korgazmasidan joy olgan yangi nashrlar, badiiy va marifiy adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar. Unda ishtirokchilar turli yonalishlardagi asarlar bilan tanishib, ozlari uchun eng qiziqarli kitoblarni tanlab olishdi. Bunday tadbirlar yoshlar va keng jamoatchilikda kitobga mehr uygotish, ma`naviy olamni boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi.

“INFOLIB O‘ZBEKISTON–2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Kitobsevar yoshlar –yangi O’zbekiston kelajagi” mavzusida ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida “INFOLIB O‘ZBEKISTON–2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Kitobsevar yoshlar –yangi O’zbekiston kelajagi” mavzusida ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.Yosh kitobxonlar ortasida ifodali oqish mashguloti otkazildi. Unda oquvchilar ozlarini sevib oqigan asarlaridan parchalar ijro etishdi. Kutubxona fondida bolgan adabiyotlar asosida korgazmalar tashkil etildi. Unda badiiy,ilmiy ommabop,tarixiy hamda manaviy- marifiy yo`nalishdagi kitoblar namoyish etildi. Kitoblar bilan yaqindan tanishgan sayin inson kòp narsalarga òzgacha nigoh bilan qarashni boshlaydi.

Xiva tuman Axborot-kutubxona Markazida yoshlar manaviyatini yuksaltirish,kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va ijodkorlar bilan bevosita muloqot ornatish maqsadida shoira,tarixchi,olkashunos jurnalist "Tomaris» jamoat fondi rahbari hamda «Tomaris avlodi" jurnali bosh muharriri Sharqiya Eshchonova bilan unutilmas uchrashuv tashkil etildi. Tadbir kitobxonlar klubi doirasida bolib otdi.Uchrashuv davomida ozining keng oquvchilar etiborini qozongan «Tomaris avlodlari" nomli asari yaratilish tarixi undagi goya va bosh qaxramonlar obrazini yoritib berdi.To (https://berdi.to/)maris kabi jasur,marifatli,Vatanparvar avlodni tarbiyalash goyasi ilgari surilganini takidlab otdi. Tadbir davomida kitobxonlar tomonidan asar boyicha savollar berildi. Tadbir yakunida Sharqiya Eshchonova kitobxonlarni doimo kitob mutolaasi bilan dost bolishga chaqirdi. Tadbir ishtirokchilari tuman madaniyat bolimi sanatkorlari hamda Gubahor Jumaboyeva ning ijodlaridan namunalar tinglashdi.Tadbir songida «Tomaris avlodi" jurnalining tuman kengashi raisi qilib Xiva tuman Axborot kutubxona markazi direktori M.Ro (https://m.ro/)zmetovani tayinladi.

«Siyosiy-ma’rifat soati»

Xiva tuman axborot-kutubxona markazida Respublika ma’naviyat va ma’rifat bo’limi tomonidan taqdim etilgan «Siyosiy-ma’rifat soati»da  kutubxona xodimlari ishtirok etishdi. Ushbu «Siyosiy-ma’rifat soati»da yurtimiz hamda xorijda bo’lib o’tgan muhim voqealar tafsilotlari xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy bilimlari yanada rivojlanishiga yordam bermoqda.

«Kitob — mening do‘stimsan «

Xiva tuman axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitob va kitobxonlikni yuksaltirish va keng targ‘ib qilish maqsadida «Kitobni jonlantiramiz» loyihasi asosida «Kitob — mening do‘stimsan » mavzusida tumandagi «Inson»ijtimoiy xizmatlar markazi ishchi xodimlariga yangi adabiyotlardan kitoblar targ‘iboti qilinib kutubxona xizmati ko‘rsatildi.

«Til -millat ruhi»

Xiva tuman axborot kutubxona markazi xodimlari va 5 — son maktabi bilan birgalikda 1989 -yil 21 — oktyabr o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi-berilganiga 36 yilligiga bag‘ishlab «Til -millat ruhi» mavzusida adabiy badiy kecha bo‘lib o‘tdi.Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga,avvalo ona allasi,ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili bu millatning ruhidir. Til har bir millatning ko’zgusi,uning haqiqiy sarchashmasidir.Til bor ekan, millat barhayotdir.Millatlarni millatga ajratuvchi asosiy belgilaridan biri ham tildir.

«Kitobxon onalar»

Xiva tuman axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan  har oyning 17 — sanasida an’anaviy tarzda  «Kitobxon onalar» kuni o‘tkazilib kelinmoqda.Jamiyatda xotin qizlar o’rtasida  kitobxonlik madaniyatini oshirish ,kitobni keng targ‘ib qilish kitobxon onalar sonini ko’paytirish orqali o’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasiga xizmat qiladi.Farzand tarbiyasida  uning ilmli, ma‘naviyati yuksak  , salohiyatli  va jamiyatda o’z  o’rnini topishiga kitob mutoolasi  beqiyos xizmat qiladi.Kitobxon onalarga kitoblar targ‘iboti qilinib kutubxona xizmati ko‘rsatildi.

«Ona tilim — joni dilim»

Xiva tuman axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1989 yil 21- oktyabr O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi-berilgan kun munosabati bilan «Ona tilim — joni dilim»deb nomlangan davra suhbati bo’lib o‘tdi Bugun bizda ham chet tillarini o’rganishga zarur shart sharoitlar yaratilishi bilan birga o‘z ona tilini chuqur bilish masalasiga ham alohida e‘tibor qaratilmoqda.O‘zbekistonda garchi davlat tili sifatida o‘zbek tili ko’rsatilgan bo’lsada,boshqa millatlarning nafaqat tili ,balki urf odatlari ham alohida hurmat qilinadi.

ISH VAQTI:

Dushanba — Jumagacha | 9:00 — 18:00

Shanba                           | 10:00 — 17:00

Yakshanba                     | Dam olish kuni

MANZIL: 

Xorazm viloyati Xiva tumani

Shomahulum mahallasi Tinchlik ko’chasi 122 uy

BIZ BILAN BOG’LANISH:

TELEFON:

+998 (99) 053 08 40

E-MAIL:

xivatakm@gmail.com

Прокрутить вверх