Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma'naviyatga erishib bo'lmaydi. Kitob o'qimagan odamning ham, millatning ham kelajaki yo'q. SH.Mirziyoyev

E'LONLAR

Kitobxonlarga qulaylik yaratish maqsadida Xiva tumani Axborot-kutubxona markazi o’zining rasmiy web sahifasi ish tushganini ma’lum qiladi. Bizning barcha yangiliklarni ushbu saytdan kuzatib borishingiz mumkin.

BIZNING MANZIL
Bizning kitobxonlar soni
0

YANGILIKLAR

«Ona siymosi-mehr manbai»

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida «Ayollarni e’zozlash oyligi» doirasida o‘tkazilgan «Ona siymosi-mehr manbai» mavzusida rasmlar tanlovi bòlib òtdi. Mazkur tanlovda maktab o‘quvchilari va talaba yoshlar faol ishtirok etdilar. Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ona siymosini ulug‘lash, mehr-muhabbat, sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini yoshlar qalbiga singdirishdan iborat bo‘ldi.Ishtirokchilar o‘z rasmlarida onaning mehribonligi, sabr-toqati, farzandiga bo‘lgan cheksiz muhabbati va oiladagi o‘rnini tasvirladilar.Mazkur tanlov barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, ona siymosining naqadar ulug‘ va muqaddas ekanini yana bir bor namoyon etdi

Batafsil

“Ayol baxtli bo‘lsa – jamiyat baxtli bo‘ladi”

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida 15- fevraldan 15-martgacha «Ayollarni e’zozlash oyligi» munosabati bilan “Ayol baxtli bo‘lsa – jamiyat baxtli bo‘ladi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda mahalla faollari, nuroniy onaxonlar, xotin-qizlar hamda yoshlar ishtirok etdilar.Tadbir davomida ayolning jamiyatdagi o‘rni, oiladagi mas’uliyati, farzand tarbiyasidagi beqiyos hissasi haqida so‘z yuritildi. So‘zga chiqqanlar ayol – mehr va muhabbat timsoli, oilaning tayanchi, jamiyatning mustahkam poydevori ekanini alohida ta’kidladilar.Shuningdek, faol va namunali onaxonlar, jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan xotin-qizlar munosib taqdirlanib, tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir samimiy ruhda, ochiq muloqot tarzida o‘tdi.Mazkur uchrashuv barchada katta ta’assurot qoldirib, ayollarga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada mustahkamladi.

Batafsil

Saida Zunnunova tavalludining 100 yilligi munosabati

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida «Ayollarni -ezozlash» oyligi doirasida atoqli ozbek adabiyotining yorqin yulduzi, nafosat va matonat timsoli-Saida Zunnunova tavalludining 100 yilligi munosabati «Saida Zunnunova sherlari bilan tanishuv» mavzusida bilan kitobxonlar bilan davra suhbati otkazildi. Uning » Qizlar», «Yashil yaproqlar», va «Gullar vodiysi» kabi toplamlari ayniqsa «Bahorni qarshilab» sheriy kitobi kitobxonlar tomonidan sevib mutolaa qilindi. Turmush ortogi Said Ahmad bilan boshidan kechirgan murakkab yillari, ayriliq va soginch azoblari uning sherlarida hayotiy va dardli aks etgan. U ozbek ayolining vafodorligini faqat sozda emas amalda ham korsata olgan ijodkordir. Bugungi 100 yillik yubiley tadbirimizning asosiy maqsadi- shoira qoldirgan boy manaviy merosni yosh avlodga yetkazish, ularda kitobxonlik va vatanparvarik tuygularini shakllantirishdir. Saida Zunnunova sheriyati hamisha bahordek yashnab, qalblarimizda ezgulik urug`ini ekib qolaveradi.

Batafsil

Matnazar Abdulhakim ijodiga bag‘ishlangan umumta’lim maktab o‘quvchilari ishtirokida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi

Xiva tuman Axborot – kutubxona markazida Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda biz o‘zbek adabiyotining iste’dodli namoyandalaridan biri — Matnazar Abdulhakim ijodiga bag‘ishlangan umumta’lim maktab o‘quvchilari ishtirokida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda o‘quvchilar tomonidan 2 shart asosida yani insho va sherxonlik boyicha bellashdilar. Insho yozishda adibning ijodi — bu teran tafakkur, milliy ruh va inson qalbining nozik kechinmalarini o‘zida mujassam etgan bebaho xazina ekanligini yozgan inshosi orqali namoyon qilishdilar. She’riyat bo‘yicha uning asarlarida Vatanga muhabbat, insoniylik va ma’naviy poklik g‘oyalari yetakchiligini she’rlari orqali ifodalab berdilar. Tanlov yakunida hakamlar hayati tomonidan ishtirokchilarning bilim saviyasi, nutq madaniyati va ijro mahorati baholandi. Natijalarga kora 14-42 maktab oquvchilari g`olib deb topildi.

Batafsil

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring !

Foydali saytlar

O'ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASI
RESPUBLIKA BOLALAR KUTUBXONASI
ZIYONET. TA'LIM PORTALI
XORAZM VILOYATI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI

ISH VAQTI:

Dushanba — Jumagacha | 9:00 — 18:00

Shanba                           | 10:00 — 17:00

Yakshanba                     | Dam olish kuni

MANZIL: 

Xorazm viloyati Xiva tumani

Shomahulum mahallasi Tinchlik ko‘chasi 122 uy

BIZ BILAN BOG’LANISH:

TELEFON:

+998 (99) 053 08 40

E-MAIL:

xivatakm@gmail.com

Прокрутить вверх