Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma'naviyatga erishib bo'lmaydi. Kitob o'qimagan odamning ham, millatning ham kelajaki yo'q. SH.Mirziyoyev

YANGILIKLAR

«Ayol ilmli bolsa- jamiyat ilmli boladi»

Xiva tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan kitobxonlar uchun kitob targ`iboti tadbiri tashkil etildi. «Ayol ilmli bo`lsa- jamiyat ilmli bo`ladi» shiori ostida kitobxonlar uchun yangi adbiyotlar, badiiy va ma`naviy-marifiy kitoblar haqida ma`lumotlar berildi. Mutaxassislar tomonidan kitob mutolaasining inson tafakkuri va dunyoqarashini kengaytirishdagi ahmiyati alohida takidlandi. Kitob targ`iboti davomida kitob ko`rgazmasi ham tashkil etilib, kitobxonlarga foydali adabiyotlar tavsiya qilindi.

«Kitobxon oila»

Xiva tuman axborot-kutubxona markazida tuman xotin -qizlarfaollari, Shomohulum mahallasi faollari,5-son maktabi bilan birgalikda»Kitobxon oila» tadbiri bolib otdi. Tadbirda Soyot, Doshyoq va Shomohulum mahallalaridan kitobsevar oilalar ishtirok etib , ozlarining bilimsaviyasi, mutolaa madaniyati va ijodiy chiqishlari bilan faol ishtiroketdilar.Ishtirokchilar turli shartlar asosida bellashib, badiiy asarlardanparchalar, sherlar, maqollar orqali ozistedodlarini namoyish etdilar. Tadbir davomida oilalarda kitobxonliknirivojlantirish, farzandlarni mutolaaga jalb etish va manaviy qadriyatlarnimustahkamlash haqida fikr mulohazalar bildirildi. Ayniqsa, ota-onalarningfarzand tarbiyasida kitobning orni haqidagi chiqishlari barchada kattataassurot qoldirdi. Tadbir yakunida faol qatnashgan oilalar munosibragbatlantirilib, tadbir barchada unutilmas taassurot qoldirdi. "Kitobxonoila" tadbiri yosh avlod qalbida kitobga muhabbat uygotish va oilaviymutolaa ana`nalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

«Xotira qalbda -qahramonlar yuraklarda»

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida «9- may Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan «Xotira qalbda -qahramonlar yuraklarda» mavzusida yosh kitobxonlar bilan tadbir otkazildi. Xotira ozlikni anglashga otmishni doimo yodda tutishga davat etib turadigan muqaddas tuygudir. U orqali inson oziga yaxshi xislatlarni qaror toptirib boradi.Xotira insonni kelajakka ochiq koz bilan qarashga orgatadi. Ushbu kun otganlarni yana bir bor yod etib osmonimiz musaffoligi, xalqimiz tinchligiyolida jonlarni fido etgan ajdodlar xotirasi oldida bosh egamiz.Istardikki, xotira va qadr tuyg`usi hech birimizdan yiroqlashmasin , hamisha qalbimizda aks-sado berib tursin.

«Ziyo ulashib»

Xususan, Xiva tumani Axborot-kutubxona markazi rahbari Malohat Ro’zmetovaning «Xorazm Ma’rifati» gazetasida «Ziyo ulashib» nomli maqolasi chop etildi. Mazkur maqolada kutubxonachilar tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, kitobxonlikni targ‘ib etish yo‘lidagi tashabbuslar hamda aholining, ayniqsa yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan faoliyatlar yoritilgan.

Aziz kitobxonlar barchangizga maroqli mutolaa tilaymiz!

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA hamda «Lazgi III» Xalqaro raqs festivali

Xiva tuman tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari Xiva shaxrida 26-28- aprel kunlari Faravon mehmonhonasida Etnomadaniyat forumi- Markaziy Osiyo va Rossiya xalqlari madaniyati ,sanati va ijodiyoti festivali doirasidagi ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA hamda «Lazgi III» Xalqaro raqs festivali bolib otmoqda. Ushbu anjumanga xiva tuman va Xiva shaxar kutubxona xodimlari Xorazm tarixi , madaniyati va sanatiga oid adabiyotlar korgazmasi bilan qatnashdi. Lazgi Xorazmning qadimiy raqsi hisoblanadi. Lazgi harakatlari tevarak-atrofdagi tabiat tovush va hodisalarini his tuygʻular uygʻunligida aks ettirish demakdir. Dastlab Xorazm yerlari, Xorazm raqsi bilan bogʻliq boʻlgan lazgi keyinchalik Oʻzbekiston boʻylab keng tarqalgan. Shuningdek festuval doirasida «Jahon madaniy taraqqiyotida qaqs sanati , anana va umumbashariy qadriyatlar mavzusida xalqaro konferensiyada amaliy yordam uchun Xiva tuman Axborot kutubxona markazi TASHAKKURNOMA va SERTIFIQAT bilan tagdirlandi.

» El ardoqlagan shoir «

Xiva tuman axborat kutubxona markazi xodimlari tamonidan o’zbek she’riyatining o’ta iqtidorli namoyondalardan biri shoir Muhammad Yusuf tavalludining 72 yillikiga bag’ishlab » El ardoqlagan shoir «mavzusida kitobxonlar bilan adabiy kecha o’tkazildi. O’zbek xalqining sevimli va ardoqli shoirlaridan biri bo‘lib, u o‘zining samimiy, sodda va yurakka yaqin she’rlari bilan mashhurdir. U 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug‘ilgan.
Muhammad Yusufning ijodi asosan Vatanga muhabbat, insoniylik, sadoqat, ota-ona, muhabbat kabi mavzularni o‘z ichiga oladi. Uning she’rlari xalqona ruhda yozilgan bo‘lib, oddiy inson qalbini chuqur aks ettiradi. Shu sababli ham u xalq orasida juda tez mashhurlikka erishgan.
Shoirning eng mashhur she’rlaridan biri “Vatanim” bo‘lib, unda yurtga bo‘lgan cheksiz muhabbat ifodalangan. Uning ko‘plab she’rlari qo‘shiqlarga aylantirilib, mashhur san’atkorlar tomonidan ijro etilgan.
Ammo uning ijodi hanuzgacha xalq qalbida yashab kelmoqda.

«Kitob — bolalar dunyosining eng go‘zal mo’jizasi»

Xiva tuman axborat kutubxona markazi xodimlari tamonidan «Kitob — bolalar dunyosining eng go‘zal mo’jizasi» mavzusida 2- son Davlat maktabgacha ta’lim muassasiga borib kitob targ’ibot o’tkazildi . U kichkintoylarni sehrli olamlarga olib kiradi, ularning tasavvurini kengaytiradi va qalbini boyitadi. Har bir kitob sahifasi bolaga yangi sarguzasht, yangi bilim va yangi orzular hadya etadi.
Bolalar kitob o‘qish orqali yaxshilik va yomonlikni ajratishni, do‘stlik, mehr-shafqat kabi insoniy fazilatlarni anglay boshlaydi. Ertaklar orqali ular jasoratli qahramonlar bilan birga sinovlardan o‘tadi, muammolarni hal qilishni o‘rganadi va har doim yaxshilik g‘alaba qozonishiga ishonch hosil qiladi.
Kitob — bu nafaqat bilim manbai, balki bolalar uchun yaqin do‘st hamdir. U yolg‘izlikda hamroh bo‘ladi, qiziqarli voqealar bilan kayfiyatni ko‘taradi. Kitob o‘qigan bola fikrlaydigan, ijodkor va keng dunyoqarashga ega inson bo‘lib ulg‘ayadi.
Shu sababli, har bir bola hayotida kitob alohida o‘rin egallashi kerak.

«Jadid namoyondalarini eslaymiz»

Xiva tuman axborot-kutubxona markazida Kitobxon millat shiori ostida o’tkazilayotgan Vl Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida «Jadid namoyondalarini eslaymiz» mavzusida Xivalik jadid bobolarimizni eslash maqsadida ma‘naviy ma‘rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Ma‘naviyat va ma‘rifat markazining tuman bo‘limi raxbari L.Nazarova , tuman Mehr va muruvvat uyi hodimi R.Karimov , » Nuroniylar » markazi bo‘limi raxbari Pirnazarov. M va bir guruh nuroniy otaxonlar hamda » Kitobxonlar klubi» a‘zolari qatnashdilar . Tadbirni Xiva tuman axborot-kutubxona markazi direkto‘ri M Ro‘zmetova ochib berdi. Tadbir jarayonida so‘zga chiqqanlar jadidchilik harakati va Xivalik jadidchi bobolarimiz haqida ma‘lumotlar aytib o‘tdilar. «Kitobxonlar klubi» a‘zolari va nuroniylar o`zlarining ijodlaridan na‘munalar o’qidilar.Tadbirda yosh kitobxonlar ijrosida she‘r va raqslari ishtiroqchilariga yanada ko‘tarinki ruh bag’ishladi. Mazkur kitobxonlik haftaligi aholi va yoshu qari o‘rtasuda kitobga bo‘lgan mehrni oshiradi.

«Yangi kitoblar olami»

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida 16- aprel kuni “KITOBSEVAR MILLAT” shiori ostida VI RESPUBLIKA «KITOBXONLIK HAFTALIGI» ning 4-kuni «Yangi kitoblar olami» mavzusida kutubxonamizga yangi olingan eldoshimiz Nur Ahmadning «Xorazm Nemislari» nomli kitobining tagdimoti bolib o`tdi. Tadbir davomida ushbu kitob mazmuni bilan kutubxona xodimlari kitobxonlarga mazmuni haqida tushunchuncha berib ular tamonidan berilgan savollarga javob berdilar. Xorazm hududiga halovat istab kelgan yuzlab nemis halqining hayoti, ularning madaniyati, urf-odatlari hamda mahalliy aholi bilan o‘zaro aloqalari haqida qiziqarli ma’lumotlar berishdi. Kitobxonlar tamonidan she’rlar va kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, tadbir yanada mazmunli va esda qolarli bo‘ldi.

«Mening sevimli yozuvchim»

Xiva tuman Axborot-kutubxona markazida «KITOBXONLIK HAFTALIGI» munosabati bilan «Mening sevimli yozuvchim» mavzusida tadbir bolib Otdi. Tadbirga O`zbekiston Respublikasi yozuvchilar uyushmasi azosi “Extirom” mukoffoti savrindori yosh ijodkorlar murabbiysi Yozuchi va shoir eldoshimiz Raximboy aka Karimov bilan uchrashuv bolib otdi. Tadbir kotarinki ruxda bolib Raximboy aka ozining hayot ijodi va sherlarida aytib kitobxonlarni yanada kitobga bolgan mehrini oshirishda ozini maslaxatlarini berib otdi va ishchi hodimlar va Kitobxonlar tamonidan berilgan savollarga mazmunli javob berdi. Kutubxonani jamgarmasini yanada boyitish uchun Raximboy Karimov Ozi yozgan sheriy kitoblaridan hamda shogirtlari tamonidan yozilgan sheriy kitoblarni Kutubxonamizga sovg`a tariqasida berdi.

ISH VAQTI:

Dushanba — Jumagacha | 9:00 — 18:00

Shanba                           | 10:00 — 17:00

Yakshanba                     | Dam olish kuni

MANZIL: 

Xorazm viloyati Xiva tumani

Shomahulum mahallasi Tinchlik ko’chasi 122 uy

BIZ BILAN BOG’LANISH:

TELEFON:

+998 (99) 053 08 40

E-MAIL:

xivatakm@gmail.com

Прокрутить вверх